Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitob-bizni birlashtiradi»  mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 15-oktyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi G.Baynazarova tomonidan tumandagi «Barkamol avlod» bolalar maktabida «Kitob-bizni birlashtiradi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Bunda, «Barkamol avlod» bolalar maktabining «Oila hamshirasi» guruhi bolalari va guruh rahbari G.Qutlimuratova va metodisti M.Allambergenovalar ishtirok etdi.

Bolalarni qiziqtirish, ularni kitobga jalb qilish maqsadida G.Baynazarova tomonidan, O‘zbek xalq ertaklaridan, jahon xalq ertaklaridan va Qoraqolpoq xalq ertaklari va undagi qahramonlar, qiziqarli voqealar haqida aytib o‘tildi. Shuning bilan birga, bolalarning ma’naviyatini yuksaltirish, qalblarida ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga hurmat, yuksak insoniy fazilatlarni ulug‘lash tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yangi kitoblarning badiiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyati hususida ham aytib o‘tildi.

Suhbatdan so‘ng, bolalar ko‘rgazmadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi.