Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin- qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-401-sonli Qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Yo’l-xaritasining 36-bandida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha qo’shma chora-tadbirlar rejasi asosida ”Kitobxonlik  oiladan boshlanadi,  kitobxon ona kitobxon bola”  g‘oyasini  hududlarda keng targ‘ib qilish maqsadida har oyning 17-sanasida “Kitobxon onalar kuni” deb belgilandi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 17-oktyabr kuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limii binosida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatga, Taxiatosh Pedagogika kolleji talabalari va Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabning kitobxon yoshlari va kutubxonachilari ishtirok etdi.

Suhbatga mehmon sifatida Axborot–kutubxona markazining faol kitobxon onalarimizdan biri Radio va televedeniye jurnalisti, bugungi kunda O’zbekiston doirasida qozoq tilida chop etiladigan “Nurli jol” gazetasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha jurnalisti Tileuxan Shamekova va O’zbekiston va  Qoraqalpog’iston faoli, bugingi kunda mehnat dam olishidagi nuroniy ustoz Kunbibi Allayarovalar ishtirok etdi.

Suhbat mehmoni Kunbibi Allayarova hayoti va ijodidagi mehnat faoliyati, bolalikdan boshlab kitobga bo’lgan mehri, muhabbati haqida shuningdek, shu kunga qadar sevib o‘qigan kitoblari, asarlari o‘zida kuchli ta’ssurot qoldirganini aytib o‘tdi so‘ngra, o‘sib kelayotgan yosh avlodga kitobxonlik borasida o’z tavsiyalarini berib o’tdi.

 

Keyingi suhbat navbatini Radio va televedeniye jurnalisti, “Nurli jol” gazetasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha jurnalisti Tileuxan Shamekova davom ettirdi.

Kitobxon Tileuxan Shamekova o‘z suhbatida shu kunga qadar sevib o‘qigan kitoblari, asarlari haqida, she’rlar yozish uning sevimli ijodiga aylangani, yoshlarga bolalikdan ilim egallashlari, ko‘proq kitob o‘qishlari, natijada kelajakda buyuk inson bo‘lib etilishib chiqishlari haqida aytib o‘tdi. So‘ngra, o‘zining ijodidan, sevimli she’rlaridan o‘qib eshittirdi.

Suhbat so‘ngida, kitobxonlar va mehmonlar orasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.