Joriy yilning 21-oktyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazida “INFOLIB O‘zbekiston – 2024” XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligining ochilish ma’rosimi bo‘lib o‘tdi.
«INFOLIB UZBEKISTAN-2024» XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligining o‘tkazishdan asosiy maqsad respublikada axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholini axborot manbasi, olish shakllari va usullaridan xabardor qilish, foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish, kitobxonlikni targ’ib qilish, kitobxonlik ko‘lamini kengaytirishdan, aholining bilim darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlar orqali aholining kutubxonalarga qiziqishini oshirishdan iborat.
Ochilish ma’rosimi ochiq eshiklar kuni bilan boshlanib, tadbirga tashrif buyurganlar kutubxona bo‘ylab sayoxat tashkillashtirdi. Sayohat davomida kutubxona faoliyati, kitoblar ko‘rgazmalari bilan tanishib chiqdi.

Ochilish ma’rosimida tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabning kitobxon yoshlari va o‘qituvchilari shuningdek Axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlari ishtirok etdi.
Tadbirda Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari J.Qadirbaeva tomonidan hafta davomida o‘tkaziladigan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, kitob taqdimotlari, ko‘rik-tanlovlar, mahorat saboqlari, kitob ko‘rgazmalari rejalashtirilganligi haqida aytib o‘tib, tashrif buyurgan mehmonlarni ushbu haftalikga tashrif buyurishlari va faol ishtirok etishlariga chaqirib qoldi.

Yig’ilgan mehmonlar bugungi kunda tumanimizda tuman Axborot-kutubxona markazi bilan bir qancha kitobxonlik tadbirlar, bayramlar hamkorlikda amalga oshirilib kelayotganligin takidladi. Tuman yoshlari kitob o‘qishda va kitob o‘qishga qiziqtirishda shunday haftaliklarning o‘tkazilishi, yozuvchi va shoirlar bilan muloqat qilishi, yoshlarning kitob o‘qishga o‘zining samarali natijasin berishini aytib o‘tdilar va haftaligning ochilish marosimi bilan tabrikladi.

Tadbir so‘ngida, Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari A.To‘reniyazova tomonidan kitobxon yoshlarni qiziqtirish maqsadida savol-javob viktorinasi o‘tkazildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы