Joriy yilning 18-oktyabr kuni, Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat maskani binosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Respublika «Nuroniy» jamg’armasi Taxiatosh tumani bo‘limi bilan hamkorlikda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli tumandagi barcha maktablarning o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ishtirokida 21-oktyabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan “O‘zbek tili-milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkillashtirildi.

Nuroniylar jamg’armasi Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi N.Atiyazova va Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi T.Seydovalar o‘zlarining tabrik va samimiy tilaklari bilan kechani ochib berdi.
So‘ngra, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova tomonidan Zakovat savollari o‘qib eshittirildi.
Zakovat so‘ngida «Alisher Navoiy» jamoasi g’olib bo‘ldi. Ishtirokchi jamoalar «Fahriy yorliqlari» va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы