Joriy yilning 21-oktyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun “Taxiatosh” sanatorisida 21-oktyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinganligiga 35 yil to’lishi munosabati bilan «Til – millatimiz boyligi» mavzusida bayram kechasi tashkillashtirildi.

Bayram kechasiga 9-sonli maktabning kitobxonlari va 7-sonli “Bolalar musiqa va va sa’nat maktabi” ning o’quvchilari ishtirok etdi.
Bayram dasturida Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun “Taxiatosh” sanatorisida madaniy tashkillashtiruvchi hodimi Q.Erimbetova 21-oktyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinganligiga 35 yil to’lishi munosabati bilan otahon va onahonlarni tabrikladi.

Tabriklar va samimiy fikrlardan so‘ng, 9-sonli maktabning kitobxonlari o’zlarining she’r va raqslaridan iborat musiqiy dasturlarini namoyish qildilar.
Kecha davomida Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat fahrilari uchun “Taxiatosh” sanatorisi dam oluvchilari yig’ilganlarni bayram bilan tabriklab o’tdi va kuy va navolardan bahramand bo‘lib, raqsga tushib madaniy hordiq oldilar.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы