Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«INFOLIB O‘zbekiston-2024» XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Adabiyot – xalqning yuragi» mavzusida yosh ijodkorlar bilan uchrashuv kechasi tashkillashtirildi.

Joriy yilninig 22-oktyabr kuni, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «INFOLIB O‘zbekiston-2024» XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Adabiyot – xalqning yuragi» mavzusida yosh ijodkorlar bilan uchrashuv kechasi tashkillashtirildi. Kecha Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan olib borildi.

   

Uchrashuv kechasiga tumanimizdagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 5-6-sonli maktablarning ijodkor yoshlari ishtirok etdi.

Ishtirokchi yosh ijodkorlar o‘zlarinig ijodidan hikoya va she’rlaridan o‘qib eshittirdi. Ishtirokchilarning she’rlari Ona, Vatan, oila, yoshlik va ta’biat mavzularida bo‘ldi. Ularni tumanimizdagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi T.Seydova, «Nuroniy» jamg’armasi tuman bo‘linmasi mutaxassisi N.Aytiyazova va Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari A.To‘reniyazovalar  tomonidan kuzatilib borildi.

   

Kuzatuvchilar tomonidan yosh ijodkorlarga ijodlari borasida fikr mulohazalar bildirildi va ijodlarini yanada kuchaytirishga tavsiyalar berib o‘tildi.