Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«INFOLIB O‘zbekiston-2024» XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Ona kitob o’qisa» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilninig 22-oktyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan  «INFOLIB O‘zbekiston-2024» XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Ona kitob o’qisa» mavzusida davra suxbati tashkillashtirildi.

Suhbatga, mehmon sifatida Axborot-kutubxona markazining faol kitobxoni «Markaziy» Mahalla fuqoralar yig’inida istiqomat qiluvchi Tazagul Qurbaniyazova tashrif buyurdi va kutubxonamizning faol kitobxonlari ishtirok etdi.

 

Ona kitob o’qisa, u bilim oladi, dunyo qarashi kengayadi va o’zini rivojlantiradi. Kitob o’qish inson fikirlash qobilyatini oshirishi, yangi g’oyalar va tushunchalar  bilan tanishtiradi. Bu, ayniqsa, farzandlar tarbiyasida ham katta ro‘l o’ynaydi, chunki ona o’zi o’qib, bolalarga bilimga bo’lgan qiziqishini uyg’otadi va ularning aqli rivojlanishiga hissa qo‘shadi deydi onaxonimiz T.Qurbanyazova. So‘ngra, o’zining sevib o’qigan kitoblari haqida kitobxonlarimizga aytib o’tdi.

Suhbatdan so‘ng, yig’ilganlar kitoblar ko‘rgazmalari bilan tanishib chiqdi.