Joriy yilninng 23-oktyabr kuni tumanimizdagi 99651-Harbiy qismda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan «INFOLIB O‘zbekiston -2024» XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Til – millat fahri» mavzusida zakovat intellektual o‘yini tashkillashtirildi.
Zakovat o‘yinida 99651-Harbiy qism askarlaridan tashkil topgan «Temuriylar», «Lochinlar», «Vatanparvar» jamoalari ishtirok etdi.
Jamoalarni tumanimizdagi «Nuroniy» jamg’armasi Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi N.Atiyazova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi T.Seydova hamda Axborot–kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari A.To‘reniyazovalar baholab bordi.
O‘yin so‘ngida, «Temuriylar» jamoasi g’olib dep topildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы