Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«INFOLIB O‘zbekiston-2024» XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Bolalarrni kitob o’qishga qiziqtirish va kitobxonlikni rivojlantirishda psixologiyaning o‘rni» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilninig 23-oktyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan «INFOLIB O‘zbekiston-2024» XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Bolalarni kitob o’qishga qiziqtirish va kitobxonlikni rivojlantirishda psixologiyaning o‘rni» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatga, Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 4-sonli maktab psixologi D.Babajanova va kitobxon o’quvchilari ishtirok etdi.

Suhbatda D.Babajanova kitobxonlarga bolalarni kitob o’qishga qiziqtirish va kitobxonlikni rivojlantirishda psixologiyaning muhim o‘rin egallashi chunki, har bir bolaning o‘ziga hos shaxsiy hususiyatlari, qiziqishlari va o‘qish tartibi mavjudligi haqida aytib o’tdi.

Suhbat so‘ngida, kitobxonlarga etiborni chalg’ituvchi va kayfiyatni ko‘taruchi trening mashg’ulotlar o‘tkazildi.

Suhbat mazmunli va qiziqarli bo’lib o’tdi.