Joriy yilninig 24-oktyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi Almagul Vaysova tomonidan «INFOLIB O‘zbekiston-2024» XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida kitobxonlikni bolalikdan boshlash, bolalar ongida kitobga bo‘lgan mehrni uyg’otish maqsadida tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli bolalar bog’chasida Maktabga tayyorlov guruhi bolalar orasida «Rasmlar juftini toping» mavzusida rang-barang rasmlar yordamida qiziqarli o‘yinlar tashkillashtirildi.

Bundan maqsad, oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni dast avval bolalikdan boshlash kerakligi, oilalarda ota-onalar kitob o‘qish orqali o‘sib kelayotgan farzandlarini kitobga qiziqtirish, kitob mutolasiga jalb qilish, kitob o‘qigan har bir farzand kelajakda ilimli, bilimli, oilada va mamlakatda o‘z o‘rnini egallashi, shuning bilan birga, hozirgi zamon ya’ni internet davrida o‘sib kelayotgan bolalarning aqliy rivojlanishi telefon orqali emas balki, kitob mutolasi, ilim izlanish orqali rivojlanishi kerakligi nazarda tutilgan.

Tadbirda rang-barang o‘yinlar, rasmdagi ertaklarni ifodalab berish, ko‘rsatilgan rasmlarning javoblarini bolalar o‘zlari chizib bo‘yash, qog’ozda ko‘rsatilgan rasmlar o‘rnini bolalar qo‘l mehnati yordamida to‘ldirish va elimlash, o‘yinlari o‘tkazildi. O‘yinlar yordamida balalarga rasmlarning javoblari haqida ma’lumotlar berilib borildi. Rang-barang mashg’ulotlar yordamida bolajonlarning qay darajada bilimli va chaqqonliklari, ularning ertaklarga, kitoblarga qiziqishlari aniqlandi.
Tadbir so‘ngida, guruh tarbiyachisi Allayarova Muqaddas tadbir haqida fikr-mulohazalarini aytib, minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы