Joriy yilninig 24-oktyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi G.Baynazarova tomonidan «INFOLIB O‘zbekiston-2024» XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida «Kutubxona – millat quyoshidir» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatga “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Kompyuter dizayn grafikasi” to’garagi mutaxassisi B.Turg’anbaeva, “Mental arifmetika” to’garagi metodisti, Monitoring mutaxassisi T.Taganberdiyeva, Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha ish yurutuvchisi G.Ubbieva va “Barkamol avlod” bolalar maktabi kitobxon o’quvchilari ishtirok etdi.
Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi G.Baynazarova tomonidan Kutubxona – millat quyoshi iborasida kitob va bilimlarning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, kutubxona millatning ma’naviy, madaniy va intellektual rivojida asosiy ro’l o‘ynashi haqida fikrlar aytib o‘tildi. Shuningdek, kutubxona haqida, yangi kelgan adabiyotlar haqida ham ma’lumotlar berilib o‘tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы