Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitob – millatning bеbaho, ma’naviy va madaniy merosi» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

2024-yil 4-noyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati xodimi J.Kadirbaeva tomonidan kitobxonlarning kuzgi damolish kunini mazmunli o‘tkazish maqsadida MvaMTB qarashli 7-sonli umumta’lim maktabi kitobxon o‘quvchilari bilan birgalikda «Kitob – millatning bebaho, ma’naviy va madaniy merosi» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatiga 7-sonli maktabning kitobxon o’quvchilari va  kutubxonachisi  K.Soegbaeva  qatnashdi. Suhbat davomida, Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati xodimi J.Kadirbaeva kitobxonlarga, Kitob, kitobxonlik – arab so‘zidan olingan bo‘lib, kitob – yozaman, yozish, kitobxonlik – diqqat bilan o‘qish, o‘rganish ma’nosini bildirishini shuningdek, olimlarning aytishicha inson har qanday ma’lumotni qobul etishida: 17% eshitish, 13% sezish, 70% ko‘rish orqali qobul qilishi, asrlar davomida kutubxonalarning bosh maqsadi bilimli jamiyatni qurishdan iborat bo‘lib kelgan bo‘lsa, kitob bilimning bosh quroli bo‘lib qolishi, kitoblar asrlar davomida uch bosqichni bosib o‘tganligi ular 1. Papirus, 2. Pergament, 3. Qog’ozli bosqich bo‘lsa, 4. Bizning davrimizda kitoblar to‘rtinchi, ya’ni elektron bosqichni o‘tkazmoqda deya kitoblarning yaratilish tarixi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Davra suhbati so’ngida qiziqarli mantiqiy savol-javob o’yinlar o‘tkazildi.