Joriy yilning 6-noyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga «Barkamol avlod» bolalar maktabi óquvchilari va tógarak rahbarlari tomonidan sayohat tashkillashtirildi.
Sayohatda «Barkamol avlod» bolalar maktabining Mental arifmetika, Oila hamshirasi, Kompyuter dizayn va grafikasi toʻgarak oʻquvchilari va tógarak rahbarlari ishtirok etdi.
Bundan maqsad, o‘quvchilarni kitobxonlikga qiziqtirish, kuzgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasiga jalb qilish, ularning qiziqishlari va iqtidorlarini namoyish etish, ularni isteʼdodini ragʻbatlantlantirish va toʻgaraklarga oʻquvchilar qamrovini yanada oshirishdan iborat.
Sayohat davomida, Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari A.Tóreniyazova tomonidan Axborot-kutubxona markazi haqida, undagi adabiyotlar, kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi, foydalanuvchilar qoidalari borasida ma’lumotlar berilib o‘tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы