Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Oltin kuz” mavzusida rasm chizish tanlovi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 7-noyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan bolalarning kuzgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini va iqtidorlarini oshirish maqsadida “Barkamol avlod” maktabining “Rasm chizish” tógaragi kitobxonlari ishtirokida “Oltin kuz” mavzusida rasm chizish tanlovi tashkillashtirildi.

Tanlovda har bir faslning o‘ziga hos go‘zalligi, Kuz fasli ham boshqa fasllarlar singari ajib bir manzara kasb etishi, kuzda daraxt barglari sariq, qizg‘ish tusga kirshi, havo ham ancha salqinlashi, ba’zi qushlar esa issiq o‘lkalarga uchib ketishi, hullas, ona tabiat qishki uyquga tayyorgarlik ko‘rishi rasmlarda ifodalanishi kerak.

Ishtirokchilar oq qog’ozga o‘zlarining kuz fasli haqidagi ta’ssurotlarini, kuz manzaralarini tasvirlab berdilar.

Tanlovda B.Edibaev, J.Umirbaev, A.Satipaldievalarning chizgan rasmlari kuz manzaralarini ifodalovchi eng yahshi rasmlar deb topildi.