Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tamonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi.

Joriy yilning 13-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tamonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi.

Axborot-kutubxona markazining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-401-sonli Qarori 3 ilovasi bilan tasdiqlangan Yo’l-xaritasining 36 bandida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha qo’shma chora-tadbirlar rejasi asosida ”Kitobxonlik oiladan boshlanadi,  kitobxon ona kitobxon bola”  g‘oyasini  hududlarda keng targ‘ib qilish maqsadida har oyning 17-sanasini “Kitobxon onalar kuni” deb belgilandi. Shu munosabat bilan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tuman bo’limida “Kitobxon onalar”  mavzusida davra suxbati tashkillashtirildi.

Suhbatga mehmon sifatida Axborot –kutubxona markazining faol kitobxon onalarimizdan biri bo’lgan suhbat mehmoni “Qoraqalpog’iston Respublikasiga xizmat ko’rsatgan qurilishchi” faxriy unvoni egasi N.Xamraeva, va  Qoraqalpog’iston faoli, nuroniy bugingi kunda mexnat dam olishidagi ustoz A.Hojanyazova, Q.Utepbergenova va kitobxonlar  ishtirok etdi.  “Qoraqalpog’iston Respublikasiga xizmat ko’rsatgan qurilishchi” faxriy unvoni egasi  N.Xamraeva o‘z so’zi navbatida hayoti davomida mehnat qilib, yurtimizning rivojlanishiga o‘zining hissasini qo‘shganligi, mehnat qilish orqali inson kamolotga etishi, shuning bilan birga kitobga bo’lgan mehri haqida aytib, azal-azaldan xalqimiz kitobni qadrlagani, uni avaylab asragani, kitob aqlni charxlaydigan, insonni ma’naviy dunyosini boyitadigan bebaho boylik ekanligini aytdi va kitobxonlarni qiziqtirish maqsadida o‘zining o‘qigan kitoblaridan, sevimli asarlaridan aytib o‘tdi.

Davra suhbatimiz so’ngida faol kitobxon onalarimiz markazimiz tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi va «Barkamol avlod» bolalar maktabining “Raqs” to’garagi o’quvchilari  tomonidan raqslar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.