Joriy yilning, 16-noyabr kuni Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova tomonidan Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yil to‘lishi munosabati bilan “Bayrog’im-faxrim mening” mavzusida kitob-rasmli ko’rgazma tashkillashtirildi.

Kitob-ramli ko’rgazmani yosh kitobxonlarimiz tomosha qilib chiqishdi. A.To’reniyazova oꞌz soꞌzida, Davlat ramzlari – bayroq, gerb, madhiya O‘zbekiston xalqining shon-shuhratini, g‘ururini, tarixiy xotirasini, intilishlarini o‘zida mujassamlashtirishini, mana shu ramzlarni e’zozlash o‘zining qadr-qimmatini, o‘z mamlakatiga va shaxsan o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash deya aytib oꞌtdi. Dunyoda bironta ramz yoki timsol davlatni, millatni jahonga Davlat bayrog‘idek tanita olmasligini, Davlat bayrog‘ini – mustaqillik ramzi, istiqlol va ozodlik, obod va farovon hayot ramzi, shu muqaddas vatanda yashayotgan har bir fuqaroning qalb ramzi deb e’tirof etish zarur deya taꞌkidlab oꞌtdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы