Joriy yilning 30-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova va Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli maktab kutubxonachilari bilan birgalikda 1-dekabr Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuniga 35 yil to‘lishi munosabati bilan « Ona tilim-or nomusim» mavzusida badiiy musiqali kecha tashkillashtirildi.

Bayram kechasiga, 6-sonli va 3-sonli maktablarining o‘quvchilari va 6-sonli maktab kutubxonachisi J.Duysenbaeva, 3-sonli maktab kutubxonachisi A.Aymaxanova va uchun 3-sonli maktabining Qoraqolpoq-tili o’qituvchisi B.Saytbekova va kitobxonlar ishtirok etdi. Kechani 3-sonli maktabining Qoraqolpoq-tili o’qituvchisi B.Saytbekova o’z so’zi bilan ochib berdi va yig’ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Kechani Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova olib bordi. Undan so‘ng,3-sonli va 6-sonli maktabning o‘quvchilari tomonidan she’rlar aytilib o‘quvchilari tomonidan raqslar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Kecha songida 3-sonli maktab kutubxonachisi A.Aymaxanova bugungi 1-dekabr Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan barchani tabrilab tilning xalq tarixi va madaniyatidagi ahamiyati, uning boyligi va rivojlanishi haqida gapirib berdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы