Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tamonidan  14-dekabr Qoraqolpog’iston Respublikasining davlat bayrog’i qabul qilinganligiga 32 yil to’lishi  munosabati bilan “Hilpirayver bayrog’im”  mavzusida  rasm chizish  va davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 10-dekabr kuni Axborot-kutubxona markazi  Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tamonidan Taxiatosh tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabining “Rasm chizish” va “Inglis tili” to’garaklari bilan birgalikda Qoraqolpog’iston Respublikasining davlat bayrog’i qabul qilinganligiga 32 yil to’lishi  munosabati bilan  “Hilpirayver bayrog’im”  mavzusida rasm chizishva davra suhbati  tashkil etildi. Bunda «Barkamol avlod» bolalar maktabining “Rasm chizish” to’garagi raxbari  G.Axmetova va “Inglis tili” to’garagi raxbari L.Raxmanbergenova “Yosh qandolatchi” to’garagi raxbari M. Xojalepesovalar qatnashdi. Rasm chizishdan oldin Qoraqolpog’iston Respublikasining davlat bayrog’i 1992-yil 14-dekabrda Qoraqolpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan tastiqlanganligi, ushbu bayroq Qoraqolpog’iston xalqining tarixiy an’analari, milliy o’ziga xosligi va bugungi zamonaviy rivojlanishni o’zida mujassam etishi haqida aytib o’tidi. Undan so’ng «Barkamol avlod» bolalar maktabining kitobxonlari Qoraqolpog’iston Respublikasining davlat bayrog’ining tasvirini ya’ni, moviy rang, oq rang (chiziq), qizil rang (chiziq), yarim oy besh yulduzni bildirgan bayroqni rasimda tasvirlab rasim chizishdi va ramziy manolari haqqida aytib berishdi.