Hayoti va ijodi
Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915 yil 1- martda Toshkentning Oʻqchi mahallasida degrez oilasida tugʻilgan. U xotin-qizlar bilim yurtida oʻqib yurgan vaqtlaridayoq 1931-1934 adabiy toʻgaraklarga qatnashib, sheʼrlar mashq qiladi. Zulfiyaning “Men ish qizi” nomli birinchi sheʼri 1931-yil 17-iyulda “Ishchi” gazetasida bosilib chiqdi. “Hayot varaqlari” nomli ilk toʻplami oʻn yetti yoshida nashr etildi. 1935–1938 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1938–1948 yillarda nashriyotlarda muharrir, boʻlim boshligʻi, 1950–1953 yillarda esa “Oʻzbekiston xotin-qizlari” hozirgi “Saodat” jurnalida boʻlim boshligʻi, 1953–1985 yillarda esa bosh muharrir boʻlib ishladi. Zulfiya badiiy-estetik puxta sheʼr-dostonlari bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi. Zulfiyaning ijodiy kamolotida oʻzbek va rus klassiklari, xalq ogʻzaki ijodiyoti va jahon adabiyoti anʼanalarining roli beqiyos boʻldi. Adiblar platformasi muxbiri, yuqori tajribali o’zbek tili va аdabiyot o’qituvchisi Abduraxmonova Mavludа tomonidan yaratilgan video-qo’llanma. Shoira “Temiroy” 1934-yilda, “Sheʼrlar” va “Qizlar qoʻshigʻi” 1938-yil kabi poetik asarlarini ona Vatan va uning dala, choʻllarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bagʻishlaydi.

Ayni chogʻda, mazkur toʻplamlardagi sheʼrlari shoiraning mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi. Urush vaqtida “Uni Farhod derdilar”1943-yilda, “Hijron kunlarida” 1944-yil kabi toʻplamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan dalolat berdi. Bu toʻplamdagi sheʼrlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va gʻalabaga ishonch, yorga sadoqat ruhida yaratilgani bilan xarakterlidir. Zulfiyaning “Mening Vatanim”, “Qoʻlimda qurolu ustimda shinel”, “Bizni kut” kabi umidbaxsh sheʼrlari urush davri oʻzbek sheʼriyatining jangovor ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan oʻrin olgan. Shoiraning urushdan keyingi yillarda yaratilgan “Dalada bir kun” 1948-yil, “Tong qoʻshigʻi” 1953-yil kabi sheʼrlar turkumi, shuningdek, “Hulkar” 1947-yil, “Men tongni kuylayman” 1950-yil, “Dugonalar bilan suhbat” 1953-yil, “Yuragimga yaqin kishilar” 1958-yil, “Gullarim” 1959-yil, “Tanlangan asarlar” 1959-yil, “Hayot jilosi” 1961-yil, “Kuylarim sizga” 1963-yil, “Sheʼrlar” 1963-yil, “Kuylarim sizga” toʻldirilgan 2-nashri 1965-yil, “Oʻylar” lirika 2-nashri 1969-yil, “Lolaqizgʻaldoq” 1970-yil, “Quyoshli qalam” 1971-yil, “Visol” 1972-yil, “Asarlar” 2-tomlik, 1-jild 1974-yil ,2-jild 1975-yil, “Yillar, yoʻllar…” 1975-yil kabi toʻplamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik koʻrsatayotgan kishilar hayoti joʻshib kuylanadi. Uning “Soʻroqlaydi shoirni sheʼrim” 1960-yil, “Oydin” 1953-yil, “Quyoshli qalam” 1967-yil kabi ocherk va dostonlari Hamza, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustozlarning yorqin xotiralariga bagʻishlangan. Zulfiya Hamid Olimjonning “Semurg”, “Zaynab va Omon” dostonlari asosida pyesa va opera liberettosini ham yaratgan. 1970-yil Zulfiya “Oʻylar”, “Shalola” kabi sheʼriy toʻplamlari uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. U oʻttizdan ziyod sheʼriy va nasriy kitoblar muallifi. Badiiy ijod sohasidagi xizmatlari uchun Davlat mukofoti, 1968-yil Javoharlar Neru nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi. Tinchlik va doʻstlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun 1970-yil xalqaro “Nilufar” mukofotiga sazovor boʻldi. Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda boʻldi. U 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida oʻtkazilgan birinchi konferensiyasida qatnashib, mashhur “Mushoira” 1958-yil asarini yaratdi. Zulfiyaning oʻn beshga yaqin majmualari rus tilida chop etilgan. Uning asarlari ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, koreys, arab, fors, tojik, arman, qirgʻiz, tatar, turkman, boshqird, ozarbayjon va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira N.Nekrasov, M.Lermontov, Vera Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvet, Marvarid Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.Mustaqillik yillarida ibratli hayot kechirgan, keng ijtimoiy faoliyat olib borgan shoira Zulfiya betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbati, olijanob insoniy fazilatlari, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari uchun yuksak hurmat va eʼzozga sazovor boʻldi. Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib 1999 yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi.
Joylarda butun O’zbekiston Respublikasi bo’ylab tadbirlar olib borilmoqda.
Muallifning ijod namunalari.
EMISH…
Emish: shuhrat o‘rab kemtik qismatim,
Ko‘zlardan uzoqda sirqirab oqar.
Qalbda qo‘rg‘oshinday yotib hasratim,
Ko‘zlarim jahonga baxtiyor boqar.
Emish: hayot menga ayol baxtidan
To‘liq kosasini ko‘rmapti loyiq.
Lekin qalbim to‘kkan she’r shuhratidan
Baxtli ayol dermish meni xaloyiq…
Tanda qo‘rg‘oshin-la yurganlar ozmi?
U jangchi tanida, ayol dilida
Qariyb chorak asr zanglamay yotar.
Baxtning ming jilosin bergan elida,
Har bir jon jahonga tole yor boqar.
Limmo-lim qismatga bo‘lmaganlar yor,
Kemtiklik hasratin bilarmi dardin!
Qalbni bezab ketgan ishqda zo‘r baxt bor,
Yurak unutarmi oltin damlarin?
Ayol baxti! Menday ayol baxtiga
Taqdir malikani ko‘rganmi loyiq?
Xalq mehrida, yorman el shuhratiga,
Baxtli ayol desa haqli xaloyiq…
Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to’la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o’rtog’idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O’n yetti yoshida “Hayot varaqalari” deb atalmish dastlabki she’riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o’ttizga yaqin she’riy to’plamlar, o’ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o’ylatadigan, barcha kishilarga daxldor bo’lgan holatlarni she’rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko’pchilikka manzur bo’ladi. Zulfiyaning ulkan iste’dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e’tirof etilgan. U – xalqaro “Nilufar” mukofoti egasi. Shoira sherlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat ko’zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko’rolmaydigan jihatlarini ilg’ovchi qizaloq ekanligi bilan ajralib turardi. Buning ustiga, oilasidagi muhit ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi.
Shoira bolaligini shunday eslaydi: “Otamni… Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo’ldosh kasbidan faqat zavq ko’rar edim. Otamday qudratli odam yo’q edi men uchun. Temirlar otam qo’lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo’llari cho’g’ga aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday bolishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo’lavermas ekan…Mening onam o’zining ta’bincha, “usti butun – ichi tutun” ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari, o’ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekan-ligini bilar edim. Ruhidagi ma’yuslik, ovozidagi hazinlik faqat uning xarakteriga xos bir sifatgina edi, xolos. Onamning qancha-qancha qo’shiq va afsonalarni, doston va ertaklarni bilishiiga aqlim bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va ertaklar bizga benihoya huzur bag’ishlar, o’ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etardi. Aminmanki, mo’jizalar yaratishga qodir, jahonni ko’zga keng ochuvchi, insonni go’zallik sari yetaklovchi so’zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko’chaga chiqmagan oddiy ayol – onam uyg’otgan…”Zulfiya she’riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv ichgan ijoddir. Ayni shu sababdan uning tinchlik haqidagi, inson ruhiya-tini g’ajib tashlay oladigan hijron to’g’risidagi, tabiatning ajib bir holati borasidagi she’rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, barcha onalarga, barcha ma’shuqalarga xos, tushunarli, anglanarli bo’lgan she’riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg’ularining porloq yulduzi charaqlab turadi. Xalq orasida “Oydinda”, “Sensiz”, “Yurak”, “Falak”, “Bahor keldi seni soʻroqlab”, “Oʻgʻirlamang qalamim bir kun”, “Boʻm-boʻsh qolibdi bir varaq qogʻoz” kabi sheʼrlari, “Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush”, “Mushoira” kabi sheʼrlari mashhur. “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vafotidan soʻng koʻplab mahzun sheʼrlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L.Ukrainka, V.Inber va boshqa koʻplab shoirlarning asarlaridan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Zulfiya she’riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho‘qqisi bo‘lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning she’rlarida tabiat och ranglarda, yorqin bo‘yoq va timsollarda gavdalanadi.
Oilasi
Tayyorlagan MBX rahbari: J.Kadirbaeva
2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы