Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan  “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 16-dekabr kuni Axborot-kutubxona markazi  Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi G.Baynazarova tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-401-sonli Qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Yo’l-xaritasining 36-bandida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha qo’shma chora-tadbirlar rejasi asosida ”Kitobxonlik  oiladan boshlanadi,  kitobxon ona kitobxon bola”  g‘oyasini  hududlarda keng targ‘ib qilish maqsadida har oyning 17-sanasida “Kitobxon onalar kuni” deb belgilandi.

Shu munosabat bilan Axborot-kutubxona markazida  “Kitobxon onalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga mehmon sifatida kutubxonamizning eng faol kitobxoni T.Allambergenova va faol kitobxonlarimiz qatnashdi. Davra suhbatini markazimiz mutaxasissi G.Baynazarova ochib berdi. Undan so‘ng, suhbat mehmoni T.Allambergenova o’zi va farzandlari uchun kitob o’qishi, doimiy tarzda bilim olishi, aqilni charxlash va tafakkurni boyitishning eng samarali usuli ekanligini va kitob o’qish oilaviy madaniyatni rivojlanishga xizmat qilishi, ona farzandlari bilan birgalikda kitob o’qib, ular bilan fikir almashishi va kitobdan olgan ta’suratlari haqida aytib berdi.Suhbatimiz davomida mehmonimiz  o’zi yozgan she’rlaridan parchalar o’qib berdi.