Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 10-yanvar kuni Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi maskanida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 14-yanvar  “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Zakovat intellektual o’yinini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova olib bordi.  Zakovat intellektual o’yinini “Nuroniy” jamg’armasi Taxiatosh tumani bo’limi rahbari A.Ersaidov o’z tabrik so’zi bilan o’yinni ochib berdi. Zakovat intellektual o’yini hakamlar ha’yati a’zolari sifatida  Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi N.Mamutova, “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’lim mutaxasissi  N.Atiyazova va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxasissi T.Seydovalar qatnashishdi.Shuningdek  99651-sonli harbiy qism “Qalqon” jamoasi, Taxiatosh tumani Ichki ishlar   bo’limi “Alpomish” jamoasi va Yoshlar ishlari agentligi Taxiatosh tumani bo’limidan “Yoshlar” jamoasi o’z aro bellashdilar.

Hakamlar ha’yati a’zolari natijasiga ko’ra  faxrli  I-o’rinni  Yoshlar ishlari agentligi Taxiatosh tumani bo’limidan “Yoshlar” jamoasi , II-o’rinni Taxiatosh tumani Ichki ishlar   bo’limi “Alpomish” jamoasi, III-o’rinni  99651-sonli harbiy qism “Qalqon” jamoasi egalladilar.G’oliblar diplom bilan taqdirlandilar.Tadbir so’ngida har bir jamoadan bir ishtirokchi o’z tabrik so’zi va minnatdorchiligini bildirib o’tishdi.