Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Inson huquqlari ularning himoyalanishi va xalqaro huquq tizimlari” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.  

Joriy yilning, 16-yanvar kuni Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 6-sonli maktabda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Inson huquqlari ularning himoyalanishi va xalqaro huquq tizimlari” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbatini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova olib bordi. Davra suhbatida   Taxiatosh tumani IIB voyaga yetmagan va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori leytenant N.Ibragimova va Milliy gvardiya Taxiatosh tumani inspektor psixologi leytenant M.Yo’ldoshevlar mehmon sifatida ishtirok etishdi. Suhbatda Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 6-sonli maktab Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari G.Madreymova, maktab kutubxonachisi J.Duysenbaeva va maktabning 8-sinf o’quvchilari qatnashishdi.

Davra suhbatida mehmonlar hozirgi kunda yoshlar o’rtasida olib borilayotgan tadbirlar ishlar haqida va qolaversa inson huquqlarini, jinoyatchilikka qarshi kurashish  haqida o’z tushunchalarini berib o’tishdi, shuningdek leytenant N.Ibragimova va  leytenant M.Yo’ldoshevlar inson huquqlari – insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushunchaligini, inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biriligini ta’kidlab o’tishdi.