Joriy yilning, 29-yanvar kuni Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “Yashil”iqtisodiyot yili”munosabati bilan davra suhbati tashkillashtirildi.Davra suhbatini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova olib bordi. Davra suhbatida Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxona mudiri D.Xalbaeva va shu maktabning 6-sinf o’quvchilari qatnashishdi.
Davra suhbati davomida B.Yusupova tomonidan 2025-yil nomi bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni berib o’tdi va shu tariqa tabiatni asrash, uni himoya qilish kerakligini va bu bizning burchimiz ekanligini, insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyotini, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashishini, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon berishini ta’kidlab o’tdi.Davra suhbati davomida o’quvchilar tomonidan savollarga mutaxasissimiz tomonidan javoblar berildi.Davra suhbati qiziqarli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы