Joriy yilning 29-yanvar kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tomonidan 30-yanvar O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 87 yilligi munosabati bilan “Xotira va e’tibor” mavzusida xotira kechasi tashkillashtirildi. Kechaga 3-sonli maktabning kutubxonachisi A.Aymaxanova va maktabning kitobxonlari ishtirok etdi. Xotira kechasida N.Mamutova tomonidan muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning hayoti va ish faoliyati, Respublikamizning rivojlanishiga qo’shgan hissalari, xizmatlari haqida ma’lumotlar va foto lavhalardan iborat prezentatsiyasi ko’rsatilib o’tildi. Kecha so’ngida o’quvchilar xotira kechasiga bag’ishlangan kitoblar ko’rgazmalari bilan tanishib chiqdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы