Joriy yilning,29-yanvar kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova tomonidan Taxiatosh tumani 7-sonli maktabiga ko’chma kutubxona va viktorina savol-javob o’yini tashkillashtirildi. Ko’chma kutubxona shartnomasiga binoan o’quvchilarga badiiy, psixologik va qiziqarli enciklopediyalar yetkazib berildi. Viktorina savol-javob o’yinida 7-sonli maktab 8-sinf o’quvchilari qatnashishdi.O’yin davomida o’quvchilar ikki jamoaga bo’linib o’z aro bellashdilar va do’stlik g’alaba qozondi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы