Joriy yilning, 31-yanvar kuni,Taxiatosh tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi G.Baynazarova tomonidan Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 4-sonli maktabda “ Kim bilimdon? Kim chaqqon? ” mavzusida savol-javob o’yini tashkillashtirildi. “Kim bilimdon? Kim chaqqon? ” o’yinida maktabning a’lochi kitobxonlari “Kurashchi” va “Yiqilmas” jamoalari o’z aro bellashdilar.Bu o’yinni tashkillashtirishdan maqsad kitobxonlarning epchilligi, chaqqonligi va ularning aqlu zakovatini sinash va ularni kitobga qiziqtirishdan iborat. O’yin juda qizg’in tarzda bo’lib o’tib, bu bellashuvda do’stlik g’alaba qozondi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы