Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Inson huquq va erkinliklari kafolatlari” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 6-fevral  kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida  “Inson huquq va erkinliklari kafolatlari” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbatini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova olib bordi. Davra suhbatida   Taxiatosh tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori  podpolkovnik U.Tlewmuratov  mehmon sifatida ishtirok etdi. Suhbatda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari qatnashishdi.B.Yusupov o’z so’zi bilan boshlab bergach so’z navbati podpolkovnik U.Tlewmuratovga berildi va u O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanda oshirish bo’yicha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ 1-sonli Qarori bilan tanishtirib o’tdi va yanada  jinoyatchilikka qarshi kurashish uni oldini olish, olib borilayotgan ish jarayonlaridan va qolaversa inson huquqlari va erkinliklari haqida ta’kidlab o’tdi.