Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Uch avlod uchrashuvi”, “Ularning hayoti biz uchun ibrat” shiori ostida uchrashuv tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 7-fevral kuni Taxiatosh tumani 1-sonli maktabda  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili Davlat dasturini targ’ib etish va “Mahallada duv-duv gap”  loyihasi doirasida “Biz bir zamin va bir Vatan farzandlarimiz” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi”, “Ularning hayoti biz uchun ibrat” mavzusida uchrashuv tashkillashtirildi.

 

              Uchrashuvda  mehmon  sifatida  “Nuroniy” jamg’armasi  tuman  bo’limi rahbari  A.Ersaidov, Taxiatosh  tumani  “Obod makon” MFYsida  istiqomat qiluvchi nuroniy otamiz S.Makarov, Respublika  Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Jumamuratova, tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi bosh mutaxasissi K.Ernazarova va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova va 1-sonli maktab o’qituvchilari va maktab o’quvchilari qatnashishdi.

Uchrashuvni “Nuroniy” jamg’armasi  tuman  bo’limi rahbari  A.Ersaidov  ochib berdi va qolgan mehmonlar o’z  ibratli so’zlari bilan  uchrashuvni davom ettirishdi.  Uchrashuv davomida “Buvijonlar maktabi” loyihasi ostida davra suhbati ham o’rin oldi, uchrashuv so’ngida tuman Madaniyat bo’limi tomonidan konsert dasturi ham tashkillashtirildi.