Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Navoiyiga ta’zim” mavzusida ko’rik-tanlov tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 8-fevral kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi bilan birgalikda 9-fevral Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyining tavallud ayyomiga bag’ishlab “Navoiyiga ta’zim” shiori ostida ko’rik-tanlov tashkillashtirildi. Ko’rik-tanlovni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari  M.Jumamuratova ochib berdi. Hakamlar ha’yati a’zosi sifatida “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi mutaxasissi N.Atiyazova va Taxiatosh tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupovalar ishtirok etishdi.Tanlovda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitob ko’rgazmasi ham tashkillashtirildi.

  

Ko’rik tanlovda Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli   23 maktabdan  1 tadan ishtirokchilar qatnashib o’z aro bellashdilar.Tanlov  3 shartdan iborat bo’lib, ular 1-shart savol-javob sharti, 2-shart bahru-bayt sharti, 3-shart erkin mavzu sharti. Hakamlar ha’yati a’zolari natijalariga ko’ra  faxrli   I-o’rinni 8-sonli maktab o’quvchisi  Sh.Sarsenbaeva,  II-o’rinni  2-sonli maktab o’quvchisi D.Saparbaeva  va  III-o’rinni 15-sonli maktab o’quvchisi O.Meratdurdievalar egalladi. G’oliblar faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari bilan tag’dirlanishdi.