Joriy yilning, 14-fevral kuni Taxiatosh tumani 9-sonli maktabda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili Davlat dasturini targ’ib etish va “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida “Biz bir zamin va bir Vatan farzandlarimiz” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi”, “Ularning hayoti biz uchun ibrat” mavzusida uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuvda mehmon sifatida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Jumamuratova, tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi bosh mutaxasissi K.Ernazarova va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi D.Utemuratova , A.To’remuratovalar va 9-sonli maktab o’qituvchilari va maktab o’quvchilari qatnashishdi.

Uchrashuvni Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 9-sonli maktab direktori A.Abdimuratova ochib berdi va qolgan mehmonlar o’z ibratli so’zlari bilan uchrashuvni davom ettirishdi. Uchrashuv davomida D.Utemuratova Axborot-kutubxona markazimiz haqida va undagi badiiy adabiyotlarini tanishtirib o’tdi. Mutaxasissimiz A.To’remuratova kitob o’qishning ahamiyati haqida so’zlab o’tdi, undan so’ng “Buvijonlar maktabi” loyihasi ostida davra suhbati ham o’rin oldi, uchrashuv so’ngida tuman Madaniyat bo’limi tomonidan konsert dasturi ham tashkillashtirildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы