Joriy yilning, 15-fevral kuni Taxiatosh tumani 99651-harbiy qism va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Prezident asarlari bilimdoni” mavzusida zakovat o’yini tashkillashtirildi.Zakovat o’yinini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova olib bordi.

O’yinda ofitserlardan tarkib topgan jamoalar “ Qalqon” va “Jasorat” jamoalari o’z aro bellashdilar. Savollar Pezidentimiz SH.M.Mirziyoyev asarlaridan tarkib topgan. Hakamlar ha’yati a’zosi sifatida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi D.Utemuratova va 99651-harbiy qism III darajali serjanti I.Jumabaevlar ishtirok etishdi. Hakamlar ha’yati a’zolarining natijalariga ko’ra I-o’rinni “Jasorat” jamoasi va II-o’rinni “Qalqon” jamoasi egalladi.G’oliblar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы