Joriy yilning 17-fevral kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova tomonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi.
Axborot-kutubxona markazining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21- dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin- qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-401-sonli Qarori 3 ilovasi bilan tasdiqlangan Yo’l-xaritasining 36- bandida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha qo’shma chora-tadbirlar rejasi asosida ”Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona- kitobxon bola” g‘oyasini hududlarda keng targ‘ib qilish maqsadida har oyning 17-sanasini “Kitobxon onalar kuni” deb belgilandi.
Shu munosabat bilan Taxiatosh tumani 3-sonli maktabda “Kitobxon onalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga mehmon sifatida Taxiatosh tumani Axborot –kutubxona markazining faol kitobxon onalarimizdan biri bo’lgan 3-sonli maktabning fizika fani o’qituvchisi A.O’teniyazova va ona-tili fani o’qituvchisi G.Allamuratova va kitobxonlar ishtirok etdi. A.O’teniyazova va G.Allamuratova ushbu mavzu orqali oiladagi ona ro’lini, kitob o‘qish natijasida xotira va fikrlash qobiliyati rivojlanishini, tafakkurni rivojlantirish kitob o‘qishning eng samarali xususiyatiligini, chunki kitob o‘qiganimizda biz ekranlardagi bir tasvirdan boshqqasiga shunchaki ko‘chib o‘tmasligimizni, balki asarni tushunish uchun asar qahramonlari va boshqa qatnashchilarning xarakterlari, gap so‘zlari, xulqu atvori, fikrlash tarzlari, tabiati va boshqalar haqida fikrlashimizga to‘g‘ri kelishini ta’kidlab o’tdi.
Davra suhbati qiziqarli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы