Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Uch avlod uchrashuvi”, “Ularning hayoti biz uchun ibrat” shiori ostida uchrashuv tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 28-fevral kuni Taxiatosh tumani 8-sonli maktabda  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili Davlat dasturini targ’ib etish va “Mahallada duv-duv gap”  loyihasi doirasida “Biz bir zamin va bir Vatan farzandlarimiz” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi”, “Ularning hayoti biz uchun ibrat” mavzusida uchrashuv tashkillashtirildi.  Uchrashuvda  mehmon  sifatida  “Nuroniy” jamg’armasi  tuman  bo’limi mutaxasissi  N.Atiyazova , Taxiatosh  tumani  “Jayhun” MFYsida  istiqomat qiluvchi nuroniy hoji onalarimiz,  Respublika  Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Jumamuratova, tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi bosh mutaxasissi K.Ernazarova va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari D.Utemuratova va A.To’reniyazovalar  va 8-sonli maktab o’qituvchilari va maktab o’quvchilari qatnashishdi.

 

Uchrashuvni ochib berdi  Respublika  Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Jumamuratova  va qolgan mehmonlar o’z  ibratli so’zlari bilan  uchrashuvni davom ettirishdi.  Uchrashuv davomida “Buvijonlar maktabi” loyihasi ostida davra suhbati ham o’rin oldi, Unda faol nuroniylar ishtirok etib, o‘zlarining boy tajribaga ega hayot yo‘li, amaliy bilim va ko‘nikmalari yordamida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish, ularni komil inson etib tarbiyalash, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qiladigan yoshlarni tarbiyalash haqida o‘git-nasihatlarini aytib o‘tdi va barcha yoshlarni bilim olishga, hunar o‘rganishga chaqirdi, uchrashuv so’ngida tuman Madaniyat bo’limi tomonidan konsert dasturi ham tashkillashtirildi.