Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Zulfiya tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Zulfiya izdoshlari” mavzusida kecha tashkillashtirildi.

Joriy yilning 28-fevral  kuni, Taxiatosh tumani  Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tomonidan  “Zulfiya izdoshlari” mavzusida kecha tashkillashtirildi. Kechada 6-maktab kitobxonlari maktab kutubxonachisi J.Duysenbaeva va 9-sonli maktabning kitobxonlari, musiqa fani o’qituvchisi  Z.Shamambetova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Jumamuratova, Nuroniy jamg’armasi tuman bo’limi mutaxasissi N.Atiyazova va nuroniy kitobxonla ishtirok etdi.Kechani ochib berish uchun so’z Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Jumamuratova berildi va ochib berdi.Kechada  yosh kitobxonlar tomonidan  Zulfiya Isroilovaning she’rlari, hayoti va ijodi, raqslari bilan ishtirokchilarni mamnun qilishdi. Kecha qiziqarli va mazmunli yakunlandi.