Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Jadidlar izidan” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 4-mart   kuni, Taxiatosh tumani   Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 3-sonli maktabda   Taxiatosh tumani  Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi G.Baynazarova  tomonidan  “Jadidlar izidan” mavzusida davra suhbati  tashkillashtirildi. Davra suhbatida 3-sonli maktab kitobxonlari qatnashishdi. Davra suhbatida G.Baynazarova o’z so’zda  Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqishganligini, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qilganliklarini  va shu yoʻlda kurashganligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek  Jadidchilikning yo’nalishlari haqida  alohida to’xtalib o’tdi.Davra suhbati so’ngida kitobxonlar mutaxasissimiz tomonidan savollariga javoblar olishdi.