Joriy yilning, 6-mart kuni Taxiatosh tumani Ma’rifat maskanida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 8-mart Xalqaro hotin- qizlar kuni munosabati bilan “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!” mavzusida badiiy kecha tashkillashtirild. Kechani Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi B.Yusupova olib bordi. Kechada Kutubxonachilik sohasida ko’p yillik tajriybaga ega mehnat dam olishidagi nuroniy onalarimiz A.Ataniyazova va J.Atamuratova, Axborot-kutubxona markazi faol nuroniy onamiz Q.Utepbergenova mehmon sifatida tashrif buyurishdi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 4 va 6-sonli maktab kutubxonachilari Z.Urinova, J.Duysenbaeva va kitobxonlar ishtirok etishdi.Kechani Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimi A.To’reniyazova o’z so’zi bilan ochib berdi.Kecha kitobxonlar tomonidan tashkillashtirilgan konsert dasturi bilan davom etdi. Kecha so’ngida nuroniy onalarimiz yoshlarimizga o’z minnatdorchilik va tilaklarini bildirib o’tishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы