Joriy yilning 13-mart kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi B.Yusupova tomonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi.
Axborot-kutubxona markazining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21- dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin- qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-401-sonli Qarori 3 ilovasi bilan tasdiqlangan Yo’l-xaritasining 36- bandida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha qo’shma chora-tadbirlar rejasi asosida ”Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona- kitobxon bola” g‘oyasini hududlarda keng targ‘ib qilish maqsadida har oyning 17-sanasini “Kitobxon onalar kuni” deb belgilandi.
Shu munosabat bilan Taxiatosh tumani 4-sonli maktabda “Kitobxon onalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga mehmon sifatida Taxiatosh tumani Axborot –kutubxona markazining faol kitobxon onalarimizdan biri bo’lgan 4-sonli maktabning o’zbek-tili fani o’qituvchisi Z.Xudaybergenova va maktab kutubxonachisi Z.Urinbaevalar va maktab kitobxonlar ishtirok etdi. Z.Xudaybergenova o’z so’zida hozirgi kunda yoshlarning qanchalik ko’p axborotga bo’lgan talabining ortishi, kitoblarni mutolaa qilishi haqida, yoshlarning hozirgi kunda ilmga chanqoqligi haqida aytib o’tdi. Shuningdek badiiy asarlani mutolaa qilishga ham chaqirib qoldi.Davra suhbati mazmunli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы