Joriy yilning 18-mart kuni, Taxiatosh tumani markaziy stadionida 21-mart yosharish va yangilanish bayrami hisoblangan Navro‘z bayrami munosabati bilan «Qadriyatlaring mangu bo‘lsin, Navro‘z» shiori ostida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tosh qozonlarda sumalaklar tayyorlanib, milliy taomlar va ko‘rgazmalar, milliy raqs va kuy-navolar yangrab, milliy liboslarda xalq sayllari, milliy dasturlar va milliy musobaqalar o‘tkazildi va bularning barchasi bayram shukuhini yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi.

Shuningdek, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tayyorlangan kitoblar ko‘rgazmasi ham ko‘rgazmalar qatoridan joy egalladi.
Bayram sayliga yig’ilganlar kitoblar ko‘rgazmalari bilan tanishib chiqdi. Kutubxona hodimlari tomonidan kutubxona kartochkasi va bukletlar tarqatildi. 

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы