Joriy yilning, 26-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova tomonidan Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi Gulaysha Esemuratovaning 95 yilligi munosabati bilan faol kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbatida, A.To’reniyazova tomonidan Gulaysha Esemuratovaning hayoti va ijodi haqida, shuningdek, G.Esemuratova 1930-yili Chimboy tumanida tavallud topganligi, 1951-yili institutni tamomlab bir necha gazeta nashriyotlarida bo‘lim rahbari, 1991-yili Qoraqalpog’iston tarixida ilk marotaba nashrdan chiqqan “Aral qizlari” nomli hotin-qizlar jurnalida bir necha yillar davomida bosh redaktor lavozimida ish faoliyatini olib borganligi, 2011-yilda «Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi» unvoniga ega bo‘lganligi, uning «Dasturqan», «Keste», «Xalmurat júrgish», «Ayday qız», «Arzıwlar qızım saǵan aytaman», «Dúwendegi dápter», «Jiyren», «Shıǵarmanıń I tomı», «Shıǵarmanıń II tomı», «Bári ómir haqqında», «Dáwirler nápesi» nomli kitoblari nashirdan chiqqanligi aytib o‘tildi va suhbat so‘ngida kitobxonlarga ushbu kitoblarni o‘qib ko‘rishlari tavsiya etildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы