Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Buyuk yurt farzandlari” mavzusida Zakovat o’yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 29-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 4-sonli maktab bilan hamkorlikda “Buyuk yurt farzandlari” mavzusida zakovat intellektual o’yinining tuman bosqichi bo‘lib o‘tti. Zakovatni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi B.Yusupova olib bordi. O’yinda maktabning 9-sinf o‘quvchilaridan iborat “Jas juldizlar”, “Navi” va “Jas bilimdanlar” jamoalari ishtirok etdi.

Zakovat intellektual o’yinida Hakamlar ha’yati a’zosi sifatida 4-sonli maktabning kutubxonachisi  Z.Urinboeva qatnashdi. Hakamlar ha’yatıning baholash natijalariga ko’ra I o’rinni «Navi» jamoasi, «Jas juldizlar» va “Jas bilimdanlar” jamoalari teng ball bilan II o’rinni egalladi. G’olib bo‘lgan jamoa keyingi turda ishtirok etishi aytib o‘tildi.