Joriy yilning, 28-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 6-sonli maktabda “Kitobxon klubi” a’zolari bilan birgalikda davra suhbati bo’lib o’tdi.
Suhbatni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova olib bordi.
Davra suhbatida “Kitobxon klubi” a’zolari bilan birgalikda kelgusida davra suhbatlari, intellektual o’yinlar, interaktiv o’yinlar tashkillashtirish haqida va shuning bilan birgalikda kitobxonlarga yozuvchi shoirlar haqida ma’lumotlar berilib borilishi haqida rejalar tuzilishi va bajarilishi haqida aytib o’tildi. Shuningdek, kitobxonlarning kitoblarga bo’lgan talab e’tibori haqida, kitobxonlikning dolzarb masalalari haqida suhbatlashildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы