Joriy yilning, 2-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 3-sonli maktabda 2-aprel «Xalqaro bolalar kitobi kuni» va Xans Kristian Andersenning tavalludiga 220 yil to’lishi munosabati bilan davra suhbati va kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.
Suhbatda 3-sonli maktab kutubxonachisi A.Aymaxanova va yosh kitobxonlar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida A.To’reniyazova Xans Kristian Andersenning hayoti va ijodi, bolalar uchun yozgan asarlari haqida aytib o’tdi .
Tadbirda yosh kitobxonlarga ko‘rgazmadagi adabiyotlar, o’zbek va jahon adabiyoti xazinasidan saralab olingan asarlar, xususan she’rlar, qissalar, ertaklar, afsona va rivoyatlar shuningdek, zamonoviy adabiy jarayon bilan ham yaqindan tanishtirildi. Suhbat so‘ngida, bolalar o‘zlarining o‘qigan ertak kitoblari haqida aytib berdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы