Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 7-aprel Xalqaro “Salomatlik kuni” munosabati bilan “Bir kun emas, har kun sog’lom bo’laylik” uchrashuv kechasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 7-aprel kuni Axborot-kutubxona markazi  Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tomonidan 7-aprel Xalqaro “Salomatlik kuni”munosabati bilan “Bir kun emas, har kun sog’lom bo’laylik” mavzusida uchrashuv kechasi tashkillashtirildi. Kechaga Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli oila poliklinikasi “Oila” shifokori L.Atamuratatova, 6-sonli maktabning kutubxonachisi J.Duysenbaeva, Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat koꞌrsatish xizmati bo’lim boshlig’i A.Toreniyazova, Axborot-kutubxona markazi kitobxoni Q.Utepbergenova va 6-sonli maktab kitobxonlari qatnashdi. Kecha davomida “Oila” shifokori L.Atamuratatova salomatlik sirlari, shifokor sifatida har kuni duch keladigan holatlardan kelib chiqib , sog’likni yo’qotgandan so’ng uni tiklash har doim ham oson bo’lmasligi shu bois, kasallikdan keyin emas, kasallikdan oldin harakat qilishimiz lozim ekanligi haqida ta’kidlab o’tdi. Kitobxonlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.