Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 9-aprel “Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat Konstitutsiyasi: Huquqiy asos va barqarorlik kafolati” mavzusida kecha tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 8-aprel kuni  Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi  Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tomonidan Taxiatosh tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabi bilan birgalikda 9-aprel “Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat  Konstitutsiyasi: Huquqiy asos va barqarorlik kafolati” mavzusida kecha bo’lib o’tdi.

 

Bunda «Barkamol avlod» bolalar maktabining “Rejissyorlik jurnalistika va Orator to’garagi” rahbari G. Tanirbergenova va to’garak bolalari qatnashuvda Konstitutsiyaning davlat hayotidagi o’rni, Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy maqomlari, Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabil qilinishi va Konstitutsiyaning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi o’rni haqida ma’lumotlar berib o’tdilar. Kecha davomida kitobxonlar tomonidan kuy qoshiqlar, qoraqalpoq raqs, kuy-qo’shiqlari  va  sahna ko’rinishlari ijro etildi. Undan so’ng «Barkamol avlod» bolalar maktabining ”Oila hamshirasi” to’garagi kitobxonlari bilan “Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat  Konstitutsiyasi: Huquqiy asos va barqarorlik kafolati” mavzusida Yosh avlodning Konstitutsiyaviy bilimlarga ega bo’lishi zarurligi haqida suhbat bo’lib o’tdi.