Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Ularning hayoti biz uchun ibrat” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 11-aprel kuni  Taxiatosh tumani 13-sonli maktab binosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda “Ularning hayoti biz uchun ibrat” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkillashtirildi. Uchrashuvga maktabning  o’qituvchilari, mahalla faollari, “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi bosh mutaxasissi N.Atiyazova,  Uchrashuv mehmoni sifatida  hududga biriktirilgan ayol ma’rifati “Jamiyatchilik kengash a’zosi”, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan  madaniyat hodimi Muhtarama Mamatxanovna Ulug’ova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Jumamuratova , Axborot-kutubxona markazi hodimlari D.Utemuratova va N.Mamutovalar ishtirok etishdi.

 

         Uchrashuv kechasini  “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi bosh mutaxasissi N.Atiyazova ochib berdi. Kecha davomida Axborot-kutubxona markaziga  yangi kelgan  adabiyotlarini tanishtirib o’tishdi. Yangi  kelgan adabiyotlarimizdan  “Ulkemizdin’ ajayip adamlari”, A. Turekeeva “Mag’an kereksen, balam”, G. Quanshbaeva “Umit”, “A’jiniyaz” kitoblarini  Axborot-kutubxona markazi,  Ma’lumot –bibliografiya xizmati biblografi D.Utemuratova kitob taqdimoti qilib berdi. O’quvchilar shu kitobga qiziqishini bildirib o’z savollariga mutaxasissimiz tomonidan javoblar olindi.