Joriy yilning, 15-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova tomonidan “Kitob va kitobxonlik-inson ma’naviyati ko’zgusi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatida Axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlari ishtirok etdi. Davra suhbati davomida A.To’reniyazova kitobxonlik haqida, hozirgi kunda kitobga bo’lgan talabning ortib borayotganligini va yoshlarning kitobxonlikka qishiqishi haqida aytib o’tdi, shuningdek u kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallashi, kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayverishi, kitob o‘qimagan insonning ongi esa ma’naviy qashshoqligicha qolaverishi va boshqalar to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi. Davra suhbati davomida o’quvchilar kitobxonlar tomonidan savollar berilib xodimimiz tomonidan javoblar berildi.Davra suhbati so’ngida Axborot-kutubxona markazi bo’ylab sayohat bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы