Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi “Uch avlod uchrashuvi” “Ularning hayoti biz uchun ibrat” ostida uchrashuv tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 18-aprel kuni 18-sonli maktab binosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda  “Uch avlod uchrashuvi”,  “Biz bir vatan va bir zamin farzandlarimiz”  va “Nuroniy tarbiyaviy soati”  ostida uchrashuv  tashkillashtirildi. Uchrashuvga maktabning faol kitobxonlari, “Nuroniy” jamg’armasi bosh mutaxasissi N.Atiyazova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxasissi T. Seydova, Axborot-Kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova va 18-sonli maktabning O’zbek tili fani o’qituvchisi E.Ametova        qatnashdi. Uchrashuv kechasini “Nuroniy” jamg’armasi bosh mutaxasissi N.Atiyazova ochib berdi.

Kecha davomida 18-sonli maktabning O’zbek tili fani o’qituvchisi E.Ametova      “Nuroniy tarbiyaviy soati” mavzusida davra suhbati olib bordi.  Kecha davomida  Axborot-Kutubxona markazi mutaxasissi N.Mamutova tomonidan Axborot-Kutubxona markazining yangi “Bolalar adabiyoti” dan o’rin olgan yangi kitoblardan  buktreyler va videoroliklar kitobxonlarga qo’yib berildi. Undan  so’ng “Biz bir vatan va bir zamin farzandlarimiz”  mavzusida Madaniyat hodimlari va 18-sonli maktabning kitobxonlari tamonidan konsert dasturlari bo’lib o’tdi.