Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 18-aprel kuni tuman Ma’naviyat va ma’rifat maskanida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Ichki ishlar  tuman bo’limi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining 97-farmoyishi bo’yicha  Zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.Zakovat o’yinini Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova olib bordi.Hakamlar ha’yati a’zolari sifatida Taxiatosh tumani  IIB tuman bo’limi boshlig’i o’rinbosari U.Romanov, Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi N.Mamutova, “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi mutaxasissi N.Atiyazova va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi mutaxasissi T.Seydovalar ishtirok etishdi.

Zakovat intellektual o’yinida  tuman Favqulotda vaziyatlar bo’limi “Qutqaruvchilar” jamoasi, Qo’riqlash bo’limi “Temurbeklar” jamoasi, tuman Ichki ishlar bo’limi “Qalqonlar” jamoasi va Chaqiriqqa qadar boshlang’ich ta’lim “Jayhun” jamoalari o’z aro bellashdi.Hakamlar ha’yati a’zolarining natijasiga ko’ra I-o’rinni Qo’riqlash bo’limi “Temurbeklar” jamoasi, II-o’rinni Chaqiriqqa qadar boshlang’ich ta’lim “Jayhun” jamoasi va III-o’rinni tuman Ichki ishlar bo’limi “Qalqonlar” jamoasi va tuman Favqulotda vaziyatlar bo’limi “Qutqaruvchilar” jamoalari egalladilar. G’oliblar Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.