Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“O’zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrda “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g‘risida”gi 781-sonli  qarori, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 7- apreldagi 3-son farmoyishi va Alisher Navoiy nomidagi O ‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 15-apreldagi 38-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning, 21-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan  “Ajiniyaz” istirohat bog’ida  “O’zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» ning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.Ochilish marosimini Taxiatosh tuman hokim o’rinbosari U.Aytimbetov  kirish so’zi bilan ochib berib, undan so’ng Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Djumamuratova, “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi rahbari A.Ersaidov va Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi darsliklar bo’yicha  metodisti B.Kemalova, IIB tuman bo’limi o’rinbosari U.Romanovlar  o’z tabrik so’zlari  bilan bugungi ochilish marosimi bilan  hammani muborakbod etdi.

 

               Haftalikda IIB tuman bo’limi xodimlari, Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli umumta’lim maktab kutubxonachilari va kitobxonlari, tuman Madaniyat bo’limi xodimlari, markazimizning faol kitobxon onasi T.Allambergenova va foal kitobxonlar ishtirok etib,  kitobxonlik bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

  

                Ochilish marosimida, kitobxonlarimiz  tomonidan she’rlar va raqslar ijro etildi. Shuningdek,  marosim  davomida “Kitobxonlik haftaligi”ga  bag’ishlangan  “Kitob-bilimlar xazinasiga yo’l” mavzusida ko’rgazma tashkil etildi va Taxiatosh tumani “Ishjanova Janar” CHP tomonidan kitoblar yarmarkasi  kitobxonlar ommasiga namoyon qilindi. Marosim so’ngida, markazimiz nuroniy kitobxonlari so‘zga chiqib bayram bilan tabriklab, o‘z ijodidan parchalar o’qib berishdi.

               Ochilish marosimi so’ngida Axborot-kutubxona markazi Ma’lumot-bibliografiya xizmati rahbari J.Qadirbaeva V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bilan  yana bir marta tabriklab, Axborot-kutubxona markazi tomonidan kun davomida bu haftalik 1 hafta davom etishi va “Kitobxonlik haftaligi”ga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtishi, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, Zakovat intellektual o’yinlari va tanlovlar bo’lib o’tishi haqida aytib o’tdi. Markazimizning yosh kitobxonlari  ham òz fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob olishdi.