Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitoblar – Ilm-fan va Ma’rifatning Kaliti» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

               Joriy yilning, 21-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 1-sonli maktabda  Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “O’zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  “Kitoblar- ilm-fan va Ma’rifatning kaliti” mavzusida faol kitobxonlar bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

 

              Davra suhbatini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi A.To’reniyazova olib bordi.Davra suhbatida 1-sonli maktabning eng faol kitobxonlari ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida A.To’reniyazova o’z so’zida kishining madaniyati uning kitobida aks etishini, kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog‘liqligini, ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida qo‘l kelishini va  inson o‘zining fikrlash qobiliyati, ma’naviyat dunyosi bilan tirikligini, odamni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi omillardan biri ham uning ma’naviyati hisoblanishi haqida aytib o’tdi, Shuninmgdek A.To’reniyazova “Kitobxonlik haftaligi” davomida mo’ljallanayotgan tadbirlar haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Kitobxonlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxasissimiz tomonidan javoblar olishdi.